Ma`lumki, bayramlar arafasida mamlakatimiz bozorlarida savdo yarmarkalari tashkil etib kelinadi.
O`tgan yili yurtimizda 12 million 592 ming tonna sabzavot va kartoshka, 1 million 850 ming tonna poliz mahsulotlari, 1 million 556 ming tonna uzum, 2 million 731 ming tonna meva etishtirildi. Qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan 230 korxona, 77 ming 800 tonna sig`imga ega bo`lgan 114 yangi sovutish kamerasi tashkil etildi va modernizasiya qilindi. Bu yil davomida aholini asosiy turdagi qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan uzluksiz ta`minlash, narx-navo barqarorligini saqlash imkonini bermoqda.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Toshkent shahar dehqon bozorlarini tartibga solish, sanitariya holatini yaxshilash, asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi mahsulotlarining narxini barqaror saqlashni ta`minlashga qaratilgan qo`shimcha chora-tadbirlar rejasi asosida tashkil etilgan ushbu yarmarkalar 5 aprelga qadar davom etadi.





