AsosiySport

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan 46 yoshli Oksana Chusovitina Jahon kubogi g`olibasi bo`ldi

'Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan 46 yoshli Oksana Chusovitina Jahon kubogi g`olibasi bo`ldi'ning rasmi

Ayni kunlarda Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo`yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi bo`lib o`tmoqda. Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina navbatdagi g`alabani qo`lga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya Qo`mitasining Axborot xizmati ma`lum qildi.

Tokio-2020 lisenziati kutilganidek, tayanib sakrash yo`nalishida ishtirok etdi. Uning ijrosida amalga oshirilgan mashqlar hakamlar hay`ati tomonidan eng yuqori bahoga loyiq ko`rildi va afsonaviy sportchimiz oltin medalga sazovor bo`ldi. 

Ta`kidlash joiz, bu musobaqa sportchimiz uchun bo`lajak Olimpiada oldidan o`ziga xos tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Unda qo`lga kiritilgan oltin medal esa Chusovitinaning kuchiga kuch, g`ayratiga g`ayrat qo`shishi, shubhasiz.

Jahon kubogi, Doxa.

Tayanib sakrash, ayollar:

1. Oksana Chusovitina (O`zbekiston) – 14.066

2. Devilar Kolin (Fransiya) – 13.966

3. Taman Nensi (Misr) – 13.366

    Boshqa yangiliklar