O`zbekiston Tashqi ishlar vazirining AQShga bo`lajak tashrifining sanalari ma`lum qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.
2021 yilning 27 iyun – 4 iyul kunlari O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya amaliy tashrif bilan Amerika Qo`shma Shtatlarida bo`ladi.
Tashrif dasturida AQSh vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar hamda muzokaralar o`tkazilishi ko`zda tutilgan.






