AQShning Ogayo shtati Yuklid shahri polisiyasi mahalliy aholi vakillaridan birini qo`lga oldi. Fuqaro sobiq qo`shnisining uyiga muntazam ravishda hujum qilib kelganlikda ayblanmoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

30 yoshli Jeyson Kozan bir yil davomida qo`shnisi 85 yoshli Albert Klemensning uyiga qarata tuxum, limon, laym va greypfrut uloqtirgan. Uning o`zi mazkur ayblovni rad etmoqda. Kozanning qo`shnisiga nisbatan salbiy munosabatining sabablari hozircha ma`lum emas. Bezorilik va madaniyatsizlikda ayblanayotgan fuqaro uzoq davom etgan tekshiruvlardan so`ng hibsga olingan. U qo`shnisining uyiga 2014 yil may oyidan 2015 yil iyun oyiga qarata egulik uloqtirgan.

Hozirda Kozanning ishini sud ko`rib chiqmoqda.





