Farhod va Shirin dueti ishtirokchilari hamma vaqt birga. Ularni nafaqat ovoz yozish studiyasida, balki salon, sportzalda ham birga ekanliklarini aytib o`tishdi.
“Biz Shirin bilan bir-birimizga juda bog`langanmiz. Ammo muhabbat aka-singil va do`stlar o`rtasida ham bo`lishi mumkinku! Biz u bilan qarindoshlardekmiz. Shu bilan birga Shirin bilan ko`nglimiz yaqin”,—deydi Farhod.
Uning so`zlarini davom ettirar ekan Shirin:
“ Evropa shou-biznesidagi mashhur duetlarga qarang: ularning har birining o`z shaxsiy hayoti bor. Biroq bu ularning birga ijod qilishiga to`sqinlik qilmaydi. Aksariyat muxlsilarning fikricha, biz Farhod bilan sahnada Navoiyning asaridagi sevishganlarga o`xshaymiz. Axir biz sahnada artistlarmiz. Mening Farhodga bo`lgan muhabbatim do`stga, akaga nisbatan bo`ladigan muhabbat”—deya qo`shimcha qildi.
Manba: “Ledi” gazetasi





