AsosiySiyosat

Turkiya vise-prezidenti O`zbekistonga keladi

'Turkiya vise-prezidenti O`zbekistonga keladi'ning rasmi

Ayni paytda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida brfing bo`lib o`tmoqda.  

Unda ma`lum qilinishicha,  O`zbekiston prezidenti ishtirokida bu haftada ham hududlarga tashrif va ko`plab yig`ilishlar bo`lishi kutilmoqda.

Bugun Turkiya Respublikasi Vise-prezidenti Fuat Oktay bilan uchrashuv, mis ishlab chiqarishni rivojlantirish bo`yicha yig`ilish bo`ladi.

Seshanba kuni davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlari, payshanba kuni uzum etishtirish va qayta ishlash masalalari bo`yicha taqdimotlar o`tkazilishi mo`ljallangan.

Davlat rahbari 30 iyun kuni O`zbekiston yoshlari va talabalari forumi doirasida yoshlar bilan uchrashadi. Hafta davomida respublika hududlariga amaliy tashrif ham  rejalashtirilgan. Bu haqda qo`shimcha tarzda batafsil ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar