Amerikalik Berni Ckuiteri rafiqasi Karlaning 400 ming dollarlik nikoh uzugini tashlab yubordi, deya xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Bernining aytishicha, rafiqasi uzukni oshxonadagi qog`oz salfetka ustida qoldirgan. Er esa chiqindi yig`uvchi mashinaning ovozini eshitgach, uydagi chiqindi to`la idishni olib chiqib tashlagan, uning ichida rafiqasining salfetka ustidagi uzugi ham bor edi.
Er-xotin mashinaning orqasidan quvdi, biroq mashina chiqindilarni bo`shatib bo`lgandi. Ular Meridian Waste Services xodimlarini 10 tonna axlatni titkilashga ko`ndirishdi. Oradan 25 daqiqa o`tgach, servis xodimi Jo Evans uzukni topdi.
“Uzukni topib, egasiga qaytarganimda qalbim quvonchga to`ldi”, - dedi Jo o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashib.





