Toshkent shahrida 20 dan ortiq avtoturargohlar quriladi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Yaqin kunlarda Toshkent aeroporti yonida qariyb 800 ta avtomobilga mo`ljallangan ko`p qavatli avtoturargoh barpo etiladi. Bu haqda Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig`i vazifasini bajaruvchisi Rustam Rahmatullaev ma`lumot bergan.
530 ta avtomobilga xizmat ko`rsatishga mo`ljallangan avtoturargohlar, shuningdek Toshkent markaziy vokzali va Ippodrom bozori yonida ham quriladi.
Rustam Rahmatullaevning ma`lum qilishicha, umumiy hisobda Toshkent shahri hududida 20 ta ko`p qavatli avtoturargohlar barpo etish loyihasi ishlab chiqilgan.
Ularning har biri yarim millionta avtomobilni o`z ichiga oladi. Avtoturargohlarda shuningdek, texnik xizmat ko`rsatish majmualari ham joylashadi.
Ko`p qavatli avtoturargohlar hozirda poytaxtning Chorsu bozorida va “Samarqand darvoza” savdo-ko`ngilochar markazida mavjud.





