1

Toshkent shahar IIBB xonanda Jahongir Otajonovning videomurojaatiga munosabat bildirdi

Jamiyat 29.06.2021, 12:27
Toshkent shahar IIBB xonanda Jahongir Otajonovning videomurojaatiga munosabat bildirdi

So`nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonov tomonidan O`zbekiston ichki ishlar xodimlariga atalgan videomurojaat keng tarqalmoqda. 

Unda Otajonov 9 kundan beri avtomashinasi olib qo`yilgani va bu bo`yicha qaerga murojaat qilsa ham foyda bermayotgani, mashina olib qo`yilgani bo`yicha rasmiylashtirilgan bayonnomani topa olmayotgani haqida gapirib, ichki ishlar tizimiga nisbatan haqoratomuz munosabat bildirgan. 

Ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 17 iyun kuni Toshkent shahar IIBB Yo`l harakati xavfsizligi xizmati inspektori tomonidan M.Ulug`bek tumani, Oltintepa ko`chasida harakatlanib kelayotgan davlat raqami 01/835 MNA bo`lgan “Gentra” rusumli transport vositasi to`xtatib tekshirilganda, haydovchi 1979 yilda tug`ilgan, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Tansiqboev ko`chasida yashovchi fuqaro Atajanov Alisher Saparbaevich (J.Atajanovning ukasi) boshqaruv huquqini beruvchi xujjatlari bo`lmaganligi sababli avtoulov jarima maydoniga joylashtirilgan hamda ayni vaqtga qadar tegishli xujjatlar taqdim etilmayotganligi sababli vaqtincha saqlanmoqda.  

Xozirda fuqaro J.Atajanov o`zining davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz videochiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o`zining maishiy muammolariga omma e`tiborini tortishga urinishlari nomoyon bo`lmoqda.

Mazkur fuqaroning harakatlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud bo`lganligi sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi va jamoatchilikka qo`shimcha ravishda axborot taqdim etiladi, deyilgan rasmiy xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1