1

Kun hikmati

Mutolaa 18.03.2016, 14:45
Kun hikmati

Har bir kishi - butun bir kitobdir, hamma gap uni o`qiy olishda. 

 Uilyam Chenning

***

Bir qarashdayoq kishi haqida hukm chiqarish yaramaydi. Fazilatlar odatda kamtarlik qobig`i bilan o`ralgan, kamchiliklar riyokorlik niqobiga yashiringan bo`ladi.

Jan de Labryuyer

***

Kishi olijanobligi haqida uning ahyondagi g`ayratiga qarab emas, balki kundalik ishlariga qarab baho berilishi kerak. 

Blez Paskal

***

Kishi haqida hukm chiqarishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo`lish kerak.

Onore de Balzak

***

Kimningdir fazilatini baholamoqchi bo`lgan odamning o`zi ham shu fazilatga yot bo`lmasin.

 Uilyam Shekspir 

***

Bir o`zing xoli qolganda ham badxoh ishga qo`l urma, yomon so`z aytma. Boshqalarga qaraganda o`z-o`zingdan ko`proq istihola qilishni o`rgan.

Demokrit

***
Yaqin kishilarimizga o`zlariga munosib muomala qilib, biz ularni battar buzamiz. Agar biz ularga o`zlaridan ko`ra yaxshiroq odamlar deya yondashsak, ularni biz yanada yaxshiroq bo`lishga majbur etamiz.

Gyote

***

Agar sizni hech kim yoqtirmasa, imoningiz komil bo`lsinki - ayb sizda.

Dodrij

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1