Jizzax viloyati G`allaorol tumanida 28 may kuni «Labo»da 600 kg iste`molga yaroqsiz go`sht olib ketayotgan haydovchi qo`lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, G`allaorol tumani hududida joylashgan Sangzor yo`l-patrul xizmati maskanida ichki ishlar bo`limi xodimlari «Labo» mashinasini to`xtatib, tekshirgan. Unda veterinariya-sanitariya talablariga javob bermaydigan 600 kilogramm go`sht olib ketilayotgani aniqlangan. Shuningdek, ekspertiza tekshiruv natijasiga ko`ra, ushbu go`sht mahsulotlari iste`molga yaroqsizligi aniqlanib, tegishli tartibda yo`q qilingan.