AsosiyJamiyat

Halokatga uchragan Boeing bortida O`zbekiston fuqarosi bo`lgan

Rostov-Donda halokatga uchragan Boeing samolyotida Hindiston va O`zbekiston fuqarosi bo`lgan, bu haqda RIA Novostiga favqulodda xizmatdagi manbalar xabar bergan.

Halokatga uchragan samolyot ekipaji Birlashgan Arab Amirliklari fuqarolaridan tarkib topgan.

Shunday qilib, Rostov-Don aeroportida halokatga uchragan Boeing samolyoti bortida 1 nafar Hindiston, 1 nafar O`zbekiston va 3 nafar Ukraina fuqarosi bo`lgan.

Avval xabar berilganidek, Rostov-Don yaqinida qo`nishni amalga oshirayotgan chog`da yo`lovchi samolyoti halokatga uchradi. Samolyot bortidagi 61 kishining barchasi halok bo`ldi.

 

    Boshqa yangiliklar