2021 yil 2 iyul kuni O`zbekiton Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Vashington shahrida Amerika davlatlari tashkiloti Bosh kotibi Luis Almagro bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Uchrashuv chog`ida O`zbekiston va ADT o`rtasida turli sohalarda sheriklik aloqalarini o`rnatishning dolzarb jihatlari muhokama qilindi. O`zbekiston tashqi siyosat idorasi rahbari mamlakatimizga Tashkilot huzuridagi doimiy kuzatuvchi maqomini taqdim qilish masalasining ijobiy ko`rib chiqilganligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Tomonlar ikki va ko`p tomonlama darajadagi muloqotni munosabatlarga tizimlilik xarakterini berish orqali mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdi.






