Facebook’ning Maslahat.uz guruhi foydalanuvchisi O`zbekistonda eng keng Korzinka.uz supermarketlar tarmog`i rahbariyatiga shikoyat bilan murojaat qildi.
Foydalanuvchining yozishicha, u 19 mart kuni soat 11.15da atrofida Abaydagi “Korzinka”ga xarid qilish uchun kirgan va xarid qilib bo`lgach kassa yoniga borgan. Kassada esa har doimgidek odam tirband bo`lgan. U bu holatni quyidagicha izohlaydi:

“E`tibor bersam yonimizdagi kassalar ishlamayapti. Yonimdagi ayol ham navbat ko`pligidan norozi bo`lib gapirdi. Men ham shoshib turgan edim. Shu sababli supermarket mutasaddi xodimiga bu xaqda o`z noroziligimni bildirdim. Lekin ular menga kassirlar yo`q, deya javob qaytarishdi.
Shundan so`ng ushbu holatni darhol telefonga suratga ola boshladim. Ishonsangiz 5 daqiqa o`tar o`tmas bo`sh kassalarga kassirlar kelib xaridorlarga xizmat ko`rsata boshladi”.
Foydalanuvchi ushbu holatdan Korzinka.uz rahbariyatini xabardor qilishni o`z burchi deb hisoblaganini aytib o`tgan.
Darhaqiqat, ba`zi hollarda supermarketlarning boshqa erdagi do`konlarda ham huddi shunday holatni kuzatganmiz. Ehtimol foydalanuvchining mazkur murojaati kelgusida bunday muammolar yuzaga kelishini oldini olishga xizmat qilsa ajab emas.





