Jizzax viloyati G`allaorol tumanida 15 iyun kuni 24 yoshli yigit suv talashib, jiyanini o`ldirib qo`ydi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko`ra, hodisa 15 iyun kuni G`allaorol tumani Oqtom mahalla fuqarolar yig`inida sodir bo`lgan. Aka-ukaning farzandlari tomorqa sug`orish uchun ishlatiladigan suvni talashib janjallashgan. Janjal vaqtida 1997 yilda tug`ilgan yigit 2004 yilda tug`ilgan 11-sinf o`quvchisi bo`lgan jiyanini kuch bilan itarib yuborgan. Buning oqibatida bola traktorning old qismiga boshi bilan urilib, og`ir tan jarohatlari olgan va 14 kundan so`ng shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, ayblanuvchi hibsga olingan va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilgan.