AsosiyJamiyat

Toshkentda 1,2 mlrd. so`mlik hujjatlardan tushib qolgan tovarlar fosh etildi

'Toshkentda 1,2 mlrd. so`mlik hujjatlardan tushib qolgan tovarlar fosh etildi'ning rasmi

Yuk konteynerida xorijiy mamlakatdan yurtimizga olib kelingan xo`jalik mollari Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo`l bojxona posti xodimlari tomonidan tegishli tartibda bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda "Darakchi.uz" manbasi ma`lum qildi. 

Aniqlanishicha, yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilganidan ortiqcha, umumiy qiymati 1 mlrd 278,5 mln. so`mlik 9 turdagi oyoq kiyim ishlab chiqarish uchun xom ashyolar, tikuv mashinalar, matolar, tasmalar kabi tovarlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar