AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin Afg`onistonda yuzaga kelgan tahlikali vaziyatni muhokama qilishdi

'Shavkat Mirziyoev va Vladimir Putin Afg`onistonda yuzaga kelgan tahlikali vaziyatni muhokama qilishdi'ning rasmi

5 iyul kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O`zbekiston va Rossiya o`rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Xalqaro kun tartibining dolzarb jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Davlat rahbarlari mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikning, eng avvalo savdo-iqtisodiy sohadagi sheriklikning bugungi rivojlanish sur`atini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Prezidentlar Afg`onistonning shimoliy hududlaridagi ahvol yomonlashishi munosabati bilan Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojiga alohida to`xtalib o`tdilar. O`zbekiston va Rossiyaning vakolatli idora va tashkilotlari o`rtasidagi muntazam muloqotlar va yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi

    Boshqa yangiliklar