1

"Noma`lum shaxslar tomonidan o`g`irlangan" – Metro qurilishidagi talon-torojlik haqida rasmiy bayonot berildi

Jamiyat 06.07.2021, 18:02
Teglar: metro
"Noma`lum shaxslar tomonidan o`g`irlangan" – Metro qurilishidagi talon-torojlik haqida rasmiy bayonot berildi

Avvalroq, Toshkentdagi metro qurilishida 899 million so`m talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edik. 

“O`zbekiston temir yo`llari” AJ tashkilot mutasaddilarining o`g`irlikka aloqasi yo`qligini aytmoqda.

Xabarda aytilishicha, “O`zbekiston temir yo`llari” AJ tomonidan 2019 yilda Toshkent metropoliteni er usti halqa yo`lining birinchi bosqichi bo`lgan 11 kilometrlik “Do`stlik-2” – “Qo`yliq” uchastkasida qurilish ishlari boshlangan. Ushbu loyiha qurilishi 2020 yilning mart oyida to`liq tugatilib, foydalanish uchun topshirilishga tayyor edi. Biroq butun dunyoda keng tarqalgan COVID-19 kasalligining yurtimizga kirib kelishi oqibatida karantin choralari kuchaytirilishi mazkur yo`nalishning ochilishi noma`lum vaqtga qoldirilgan. Qurilishda ishtirok etgan barcha ishchi-xizmatchilar karantin choralari yumshatilgunga qadar o`zlarini izolyasiya qilishgan.  

2020 yilning 3 iyul kuni, “O`zbekiston temir yo`llari” AJga qarashli “1-sonli Energomontaj poezdi” unitar korxonasi xodimlari Toshkent metropolitenining er usti “Do`stlik-2” – “Qo`yliq” uchastkasini ko`rikdan o`tkazishganda, moddiy tovar (kabel mahsulotlari)ning o`z joyida yo`qligi aniqlangan va ushbu holat bo`yicha zudlik bilan Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasining huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga ariza shaklida murojaat qilingan (ariza ilova qilinmoqda).

 

Dastlabki tergov natijalariga ko`ra, umumiy qiymati 899 131 590 so`mlik kabel mahsulotlari noma`lum shaxslar tomonidan o`g`irlangan. Olib borilgan tergov harakati natijalariga ko`ra, aybdor shaxslar hamda yo`qolgan moddiy tovar (180 962 364 so`mlik) topilib, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyatchilar o`rnatilgan tartibda javobgarlikka tortilgan. Bugungi kunda etkazilgan 180 962 364 so`mlik zarar aybdorlardan to`liq undirilgan.  

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi tomonidan tergov va qidiruv ishlari davom etmoqda.  

Sharhlar

Toshkent er usti metrosida qatnovlarning tonggi boshlanish vaqti o`zgardi

28.12.2022, 11:14

Toshkent metrosining «Er usti halqa yo`li» yo`nalishida poezdlar harakati vaqtincha soat 07:00 dan boshlanadigan bo`ldi.Metropoliten ma`muriyatining ma`lum qilishicha, "Er usti halqa yo`li" yo`nalishida yangi metro...
Metroda voyaga etmagan qizga nojo`ya harakatlar qilgan shaxsga sud hukmi e`lon qilindi

06.12.2021, 22:19

Metroda voyaga etmagan qizga nojo`ya harakatlar qilgan shaxs ishini ko`rib chiqish bo`yicha yopiq sud jarayoni nihoyasiga etdi va sud hukmi e`lon qilindi.Toshkent shahar sudi matbuot...
Toshkentda metro yana to`xtab qoldi (video)

20.09.2021, 11:34

Joriy yilning 20 sentyabr kuni soat 09:10 da G`ofur G`ulom bekatidan Chorsu bekatiga harakatlanishi lozim bo`lgan 41-yo`nalishdagi harakat tarkibida havo taqsimlash tizimida texnik nosozlik yuzaga...
Toshkent metropolitenida yangi metro poezdlari ishga tushirildi

07.09.2021, 06:30

Toshkent metropolitenida o`tgan haftada keltirilgan yangi metro poezdlari poytaxt ahli va mehmonlariga xizmat qilishni boshladi. Bu haqda "O`zbekiston temir yo`llari" AJ axborot xizmati ma`lum qildi.Yangi...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1