Joriy yil 8 iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Kosonsoy tumanida g`aroyib temir jism topildi, u bomba bo`lishi mumkinligi aytilmoqda" nomli foto sharh yuzasidan Namangan viloyati IIB ushbu holatga rasmiy munosabat berdi.
Unga ko`ra, 2021 yil 07 iyul kuni Namangan viloyati Davlatobod tumani “Yuksalish” mahalla fuqarolar yig`ini Kushon sa`noat hududidan 4 ta butun va 2 ta yarimta emirilgan “aviasion” bombalar topilgan, ushbu bombalar artleriya snaryadi karoziyaga uchrab emirilgan.
Yuqorida topilgan bombalarni Zararsizlantirish maqsadida Pop tumani G`urimsaroy 07648-xarbiy qism maxsus o`q otish paligoniga olib borilib yo`q qilish ishlari olib borilmoqda.
Bu hududda kunlik navbatchilik tashkil etilib Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Qidiruv-qutqaruv otryadi, Ichki ishlar boshqarmasi, Mudofaa vazirligi va O`zResIIV Maxsus operasiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Namangan viloyati maxsus otryadlari jalb etilgan, xozirda ushbu hududda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.






