AsosiySiyosat

Tanzila Narbaeva Rossiyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi

'Tanzila Narbaeva Rossiyaning O`zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi bilan uchrashdi'ning rasmi

2021 yil 9 iyulda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Rossiya Federasiyasining O`zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi O. Malginovni qabul qildi.

Uchrashuvda O`zbekiston-Rossiya munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollari, ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, xalqaro parlament tuzilmalari doirasidagi o`zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Rossiya Federasiyasi Federal Majlisining Federasiya Kengashi o`rtasidagi hamkorlik bo`yicha parlamentlararo komissiyaning samarali faoliyatini, ikkala mamlakat parlamentlarining oliy darajada savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar sohalarda erishgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo`yicha o`zaro hamkorligini ta`minlash hamda mintaqalar o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni faollashtirish muhimligini ta`kidladilar.

O.Malginov Prezident Sh.Mirziyoev rahbarligida O`zbekistonda amalga oshirilayotgan, inson huquqlari va erkinliklarini ta`minlayotgan demokratik islohotlar va o`zgarishlarni, ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi jadal sur`tlarda yuz berayotgan ijobiy o`zgarishlarni yuqori baholadi.

Boshqa yangiliklar