Avval xabar qilganimizdek, joriy yilning 15–16 iyul sanasida Toshkent shahrida O`zbekiston tashabbusi bilan “Markaziy va Janubiy Osiyo o`zaro mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusi ostida xalqaro konfensiya bo`lib o`tishi kutilmoqda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Toshkentda bo`lib o`tadigan mazkur konferensiyasida ishtirok etish uchun O`zbekistonga keladi. Bu haqda Rossiyaning O`zbekistondagi elchixonasi axborot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, konferensiya ishida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Afg`oniston Islom Respublikasi Prezidenti, Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri, Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari, boshqa xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari va yuqori darajadagi vakillari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, global moliyaviy institut va kompaniyalar, etakchi ilmiy-tadqiqot va tahliliy markazlarning rahbarlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.






