AsosiySport

«Tokio — 2020»da O`zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarning to`liq ro`yxati e`lon qilindi

'«Tokio — 2020»da O`zbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilarning to`liq ro`yxati e`lon qilindi'ning rasmi

Ayni paytga kelib O`zbekiston delegasiyasining XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarida ishtirok etuvchi yakuniy tarkibi ma`lum. Milliy olimpiya qo`mitasi Tokio-2020 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiluvchi barcha sportchilar ro`yxatini e`lon qildi.

Sportchilarimiz o`z yo`nalishlariga qarab 2017 yildan to shu kecha kunduzga qadar Tokio-2020 Olimpiya o`yinlarida ishtirok etish uchun bir-biridan murosasiz musobaqalarda bahs olib borishdi. Yakunda delegasiyamiz kunchiqar yurtda o`tadigan mazkur Olimpiadaga sportning 17 turida 71 ta yo`llanmani qo`lga kiritdi. Quyida lisenziat sportchilarimizni tanishtiramiz:

Boks (11 ta):

-52 kg: Shahobiddin Zoirov

-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov

-63 kg: Elnur Abduraimov

-69 kg: Bobousmon Baturov

-75 kg: Fanat Qahramonov

-81 kg: Dilshod Ro`zmetov

-91 kg: Sanjar Tursunov

+91 kg: Bahodir Jalolov

-51 kg: Tursunoy Rahimova

-60 kg: Rayhona Qodirova

-69 kg: Shahnoza Yunusova

Erkin kurash (4 ta):

-57 kg: G`ulomjon Abdullaev

-74 kg: Bekzod Abdurahmonov

-86 kg: Javrail Shapiev

-97 kg: Magomed Ibragimov

Yunon-rum kurashi (4 ta):

-60 kg: Elmurat Tasmuradov

-77 kg: Jalgasbay Berdimuratov

-87 kg: Rustam Assakalov

-130 kg: Mo`minjon Abdullaev

Taekvondo (4 ta):

-68 kg: Ulug`bek Rashitov

-80 kg: Nikita Rafalovich

-67 kg: Nigora Tursunqulova

+67 kg: Svetlana Osipova

Og`ir atletika (4 ta):

-67 kg: Adhamjon Ergashev

-109 kg: Akbar Jo`raev

-55 kg: Muattar Nabieva

-76 kg: Kumushxon Fayzullaeva

Qilichbozlik (3 ta):

Shpaga, ayollar: Malika Hakimova

Sablya, ayollar: Zaynab Dayibekova

Sablya, erkaklar: Sherzod Mamutov

Engil atletika (7 ta):

Balandlikka sakrash, ayollar: Svetlana Radzivil

Balandlikka sakrash, ayollar: Safina Sadullaeva

Bosqon uloqtirish, erkaklar: Suhrob Xo`jaev

Uzunlikka sakrash, ayollar: Darya Reznichenko

Uch hatlab sakrash, ayollar: Roksana Xudoyorova

Uch hatlab sakrash, erkaklar: Ruslan Kurbanov

Ko`pkurash, ayollar, Ekaterina Voronina

Dzyudo (11 ta):

-60 kg: Sharofiddin Lutfillaev

-66 kg: Sardor Nurillaev

-73 kg: Hikmatilloh To`raev

-81 kg: Sharofiddin Boltaboev

-90 kg: Davlat Bobonov

-100 kg: Muhammadkarim Xurramov

+100 kg: Bekmurod Oltiboev

-52 kg: Diyora Keldiyorova

-63 kg: Farangiz Hojieva

-70 kg: Gulnoza Matniyazova

Aralash jamoaviy musobaqa

Suzish (2 ta):

100 m, erkin suzish: Xurshidjon Tursunov

100 m, brass: Yulduz Qo`chqorova

Kanoeda eshkak eshish (4 ta):

C-2 500 metr: Dilnoza Rahmatova

C-2 500 metr: Nilufar Zokirova

C-1 200 metr: Dilnoza Rahmatova

C-1 200 metr: Nilufar Zokirova

Akademik eshkak eshish (2 ta):

LMX2X, 2000 metr: Sobir Safaraliev

LMX2X, 2000 metr: Shahboz Xolmirzaev

Sport gimnastikasi (2ta):

Yakkalik dastur: Rasuljon Abdurahimov

Yakkalik dastur: Oksana Chusovitina

Badiiy gimnastika (6 ta)

Ko`pkurash: Sabina Tashkenbaeva

Guruh mashqi: Nilufar Shomurodova

Guruh mashqi: Kseniya Aleksandrova

Guruh mashqi: Dinara Ravshanbekova

Guruh mashqi: Sevara Safoeva

Guruh mashqi: Kamola Irnazarova

O`q otish sporti (2 ta):

10 m, miltiq: Muxtasar Tohirova

50 m, miltiqdan 3 holatda: Muxtasar Tohirova

Velosport (2ta):

Guruh poygasi, erkaklar: Murodjon Xolmurodov

Guruh poygasi, ayollar: Olga Zabelinskaya

Zamonaviy beshkurash (2ta):

Yakkalik, erkaklar: Aleksandr Savkin

Yakkalik, ayollar: Alise Faxrutdinova

Tennis (1 ta):

Yakkalik, erkaklar: Denis Istomin

Eslatib o`tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o`yinlari 23 iyul – 8 avgust kunlari bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar