Buxoro viloyati IIB ning ma`lum qilishicha, tergov organlaridan yashirinib yurgan jinoyatchiga Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son Ichki ishlar bo`limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan 2021 yil 10 iyun kunidan beri qidiruv e`lon qilingan.
1985 yilda tug`ilgan Jondor tumani “Po`loti” mahallasida ro`yxatda turuvchi O.F muqaddam 8 marotaba (Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik), 277 (bezorilik), 267 (transport vositasini olib qochish) moddalari bilan) sudlangan.
Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar IIO FMB xodimlarining hamkorlikdagi qidiruvi davomida Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashirinib yurgan manzili aniqlanib, qo`lga olingan va viloyat IIB PPX va JTSB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.