AsosiySalomatlik
2223

O`zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlanganlar 900 ming nafardan oshdi

'O`zbekistonda COVID-19 ga qarshi vaksina bilan emlanganlar 900 ming nafardan oshdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati xabariga ko`ra, vaksinasiya boshlangandan beri yurtimizda jami 902 ming nafardan ortiq yurtdoshimiz koronavirusga qarshi to`liq emlandi. 

 ️10 iyulda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 114061 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 86772 nafarni,  

2-bosqich emlanganlar 14178 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 13111 nafarni tashkil qildi.

 ️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 4857947 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

1-bosqich emlanganlar 2951794 nafarni,  

2-bosqichda emlanganlar 1419252 nafarni,

3-bosqich emlanganlar 486901 nafarni tashkil qildi.  

10 iyul kunidagi emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:

Farg`ona viloyati (21180 doza),

Namangan viloyati (16813 doza),

Samarqand viloyati (13520 doza) band qildi.  

Jami emlashlar bo`yicha yuqori ko`rsatkichlar:

Namangan viloyatida 609058 doza,  

Farg`ona viloyatida 604819 doza,  

Andijon viloyatida 556693 dozani tashkil qilmoqda.  

Emlash jarayonlari davom etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar