1

“SOCh TO`KILIShI ASABDANMI?”

Salomatlik 22.03.2016, 16:48
“SOCh TO`KILIShI ASABDANMI?”

Sochimni taraganimda taroqqa ilinib qolganidan tashqari erga to`kilayotganlarini ko`rib, qo`rqib ketayapman. Hatto qo`lim bilan sochimni paypaslasam ham bir tutami ilinib chiqadi. Onam, asabiylikdan ham soch to`kiladi, deyaptilar. Haqiqatan ham shunday bo`lishi mumkinmi?

Gulbahor Qambarova, Jizzax viloyati

Ha, asabiylikdan ham soch to`kiladi. Ammo asabiylik qaysi holatda va nima sababdan yuzaga kelayotganini aniqlashtirmay, muolaja qilib bo`lmaydi. Avvalo o`zingizdagi o`zgarishlarni tahlil qilib ko`ring. Qachondan boshlab asabiy bo`lib qolgansiz? Nega shunday bo`ladi? Agar biror voqea-hodisa sabab asab qo`zg`alishi yuz berayotgan bo`lsa, demak tinchlanishga harakat qilishingiz kerak. Bunda sizga tinchlantiruvchi dori vositalari va damlamalar asqotadi. Bordi-yu asabiylik tashqi omillarga bog`liq bo`lmasa, demak organizmda biror o`zgarish sodir bo`layapti. Ehtimol buqoq kattalashgandir?! Maslahatim, terapevt ko`rigidan o`tib, so`ngra uning ko`rsatmasiga muvofiq boshqa mutaxassislar tekshiruvidan ham o`tishingiz mumkin.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1