AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) Toshkent vaqti bilan 11 iyul tongida UFC 264 musobaqasi bo`lib o`tdi.
Musobaqaning asosiy jangi Konor Makgregor va Dastin Pore o`rtasida kechdi. Birinchi raund Jastin Getjining ustunligida o`tdi. Raund so`ngida Konorning oyog`i sindi va jang to`xtatildi. Shu tariqa Pore uchinchi jangi g`alaba bilan yakunladi.
Asosiy kard
Dastin Pore (28-6) texnik nokaut evaziga Konor Makgregorni (22-6) engdi;
Gilbert Byorns (20-4) ochkolar bo`yicha Stiven Tompsondan (16-5-1) ustun keldi;
Tay Tuyvasa (12-3) 1-raundda Greg Hardini (7-4) nokautga uchratdi;
Iren Aldana (13-6) 1-raunddaYana Kunitskayani (14-6) nokautga uchratdi;
Shon O`Melli (14-1) 3-raunddagi texnik nokaut evaziga Kris Moutinyoni (9-5) engdi.
Prelim kard
Maks Griffin (17-8) ochkolar hisobiga Karlos Konditni (32-13) mag`lub etdi;
Mishel Pereyra (26-11) ochkolar hisobiga Niko Praysdan (14-5) ustun keldi;
Iliya Topuriya (11-0) 1-raundda Rayan Hollni (8-2) nokautga uchratdi;
Drikus Dyu Plessi (16-2) 2-raunddagi texnik nokaut evaziga Trevin Jaylsni (14-3) engdi.
Jennifer Maya (19-7) ochkolar hisobiga Jessika Ayni (15-10) mag`lubiyatga uchratdi;
Bred Tavares (19-6) ochkolar hisobiga Omari Ahmedovdan (21-6) ustun keldi — 29-28, 29-28, 28-29;
Jalgas Jumagulov (14-5) 1-raundda bo`g`ish usulini qo`llab Jerom Riverani (10-6) taslim etdi.