1

O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan "Badiiy atamalar lug`ati" uch tilda taqdim etilmoqda

Madaniyat 12.07.2021, 18:33
Teglar: Badiiy atamalar
O`zbekiston madaniy merosiga bag`ishlangan "Badiiy atamalar lug`ati" uch tilda taqdim etilmoqda

O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyati "Eriell Group" xalqaro neft konlariga xizmat ko`rsatish guruhi ko`magi bilan kitobxonlar uchun yangi nashr - "Badiiy atamalar lug`ati" konseptini uch tilda taqdim etmoqda. Bu haqda "Darakchi.uz" manbasi xabar bermoqda. 

Ishonchimiz komilki, kitobxonlar O`zbekiston madaniy merosini asrash, o`rganish va ommalashtirish bo`yicha butunjahon jamiyati loyihasi doirasida chop etilayotgan yangi kitob — "Badiiy atamalar lug`ati"da jamlangan bilimlar to`plamiga qayta-qayta murojaat qilishadi. Ushbu loyiha amaliy ahamiyatga ega bo`lgan eng foydali loyihalardan biri: u "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" turkumiga oid nashrlarning lug`at ma`lumotlarini to`plash bilan bir qatorda, san`at va madaniyat  olami bo`ylab sayohatingizni yanada yoqimli qilish uchun yangi muhim bilimlar to`plamini ham taqdim etadi!

"O`zbekistonning madaniy merosi dunyo to`plamlarida" turkumi doirasida chop etilgan 35 jildning deyarli har biriga tasviriy va dekorativ san`atning har xil turlari bilan bog`liq tushunchalarni o`z ichiga olgan lug`at ilova qilingan. "O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasi doirasida tayyorlangan materialni ushbu lug`atning dastlabki manbasi sifatida ta`riflash mumkin.

Lug`atning o`ziga xos xususiyati: unda asosan O`zbekistonning an`anaviy san`ati bilan bog`liq atamalar keltirilgan. Unda nashr etilgan jildlardan o`rin olmagan yangi atamalar ham o`rin olgan.

Materialni tushunishda qiyinchiliklar yuzaga kelmasligi uchun lug`at tarkibiga kiritilgan atamalarning aksariyati predmetning o`zi tasvirlangan fotosurat bilan birga keltirilgan.

Ushbu nashr O`zbekistonning badiiy merosi bilan bog`liq atamalarni umumlashtirish va izohlashga qaratilgan birinchi urinishdir.

"O`zbekiston madaniy merosi dunyo to`plamlarida" loyihasining tadqiqot tashabbuslari O`zbekiston madaniy merosini o`rganish, saqlash va ommalashtirishga qaratilgan. "Eriell Group" xalqaro neft konlariga xizmat ko`rsatish guruhi loyihalarni amalga oshirishda har tomonlama yordam berib kelmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1