AsosiyJamiyat

Kosonsoy, Yangiqo`rg`on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormaslik so`ralmoqda

'Kosonsoy, Yangiqo`rg`on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormaslik so`ralmoqda'ning rasmi

Avvalroq, Kosonsoy tumanida yuzaga kelgan kuchli yog`ingarchilik natijasida tumanning tog`li hududiga sel kelgani va buning oqibatida bir necha fuqarolar jabr ko`rgani haqida xabar bergan edik. 

Ushbu hodisa munosabati bilan, Namangan viloyati IIB barcha fuqarolar va harakat ishtirokchilaridan  zarur ish bo`lmagan taqdirda Kosonsoy, Yangiqo`rg`on, Chust va Pop tumanlaridagi dam olish maskanlariga vaqtincha bormaslikni tavsiya etadi.  

"Tabiiy hodisalarga befarq qaramay, o`zingiz va yaqinlaringiz salomatligi uchun uyda qoling",–deyiladi viloyat IIB xabarida.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar