1

Toshkentda nufuzli xalqaro konferensiya boshlandi

Jamiyat 15.07.2021, 11:25
Teglar: xalqaro konferensiya
Toshkentda nufuzli xalqaro konferensiya boshlandi

Bugun Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya o`z ishini boshlaydi.

Mintaqaviy o`zaro bog`liqlikni kuchaytirish tashabbusi O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning yangi ochiq tashqi siyosiy strategiyasi doirasida ilgari surildi.  

Ushbu g`oya Markaziy Osiyoda iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish orqali mintaqamiz bilan iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-sivilizasion yo`nalishlarda tarixan chambarchas bog`liq bo`lgan hudud — Janubiy Osiyoga chiqishni nazarda tutadi.

Oliy darajadagi mazkur konferensiya transport-logistika, energetika, savdo, ishlab chiqarish, investisiya, texnologik va madaniy-gumanitar sohalarda “Markaziy Osiyo - Janubiy Osiyo” formatidagi o`zaro manfaatli strategik aloqa modelini ko`p tomonlama muhokama qilish uchun siyosiy va ekspertlar maydonini shakllantirishga mo`ljallangan.

Tadbir ochilish marosimi, bitta yalpi majlis, uchta seksion yig`ilish va yakuniy qismdan iborat bo`ladi. Konferensiyada 40 dan ortiq mamlakatlar va xalqaro tashkilotlardan 400 dan ortiq ishtirokchilar qatnashmoqda.  

Konferensiyani yoritish uchun Toshkentga 90 ga yaqin jurnalist va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari tashrif buyurishgan.

Sharhlar

Putin "Al Journey 2021" tanlovida ishtirok etgan o`zbek qizlarini alohida e`tirof etdi (video)

15.11.2021, 12:30

Joriy yilning 12 noyabriga qadar Rossiyada sun`iy intellekt borasidagi xalqaro konferensiya doirasida o`tkazilgan Artificial Intelligence Journey tanlovining Data Lady nominasiyasida O`zbekistondan qatnashgan o`quvchi qizlar g`olib...
Xalqaro konferensiya: O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar muhokama qilinmoqda

24.09.2021, 11:40

Ayni damda Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetida “Yangi O`zbekistonning Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari: yutuqlar va istiqbollar” mavzusida xalqaro konferensiya bo`lib o`tmoqda. Unda O`zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar...
Yaponiyalik faxriy iqtisodchi Toshkent konferensiyasidan nimalar kutayotganini aytdi

15.07.2021, 18:10

Avvalroq, Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o`zaro bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi oliy darajali xalqaro konferensiya o`z ishini boshlagani haqida xabar bergan edik. Konferensiya...
Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi (foto)

15.07.2021, 17:56

2021 yil 15 iyul kuni “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida o`tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Markaziy Osiyo xalqaro institutining rasmiy ochilish...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1