AsosiyDunyo
5117

Dunyo bo`yicha virus yuqtirganlar 188 milliondan oshib ketdi

'Dunyo bo`yicha virus yuqtirganlar 188 milliondan oshib ketdi'ning rasmi

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 362 031 yangi holati aniqlandi. 6 135 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi  ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  188 million 313 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  ulardan 4 million 057 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,572 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. 
  • ikkinchi o`rinda Hindiston (30,946 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (19,106 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Rossiya (5,857 milliondan ortiq),🇫🇷beshinchi o`rinda esa Fransiya (5,705 milliondan ortiq).

 

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 20 450, Hindistonda 38 792, Braziliyada 17 031, Rossiyada 23 827, Fransiyada 5 500 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 497 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar