Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy sahifasida ma`lum qilindi. Keltirilishicha, kecha 15-iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog`liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida Amerika Qo`shma Shtatlari, O`zbekiston, Afg`oniston va Pokiston vakillari yangi to`rt tomonlama maslahatlar platformasini tashkil etish to`g`risida qaror qabul qildilar.
Mazkur bayonotning to`liq matni:
2021-yil 15-iyulda Afg`oniston tinchlik jarayoni va mojarodan keyingi davrda tartibga solishni qo`llab-quvvatlash uchun AQSh-O`zbekiston-Afg`oniston-Pokiston to`rt tomonlama shaklining e`lon qilinishi
“AQSh, O`zbekiston, Afg`oniston va Pokiston vakillari qisqacha aytganda mintaqaviy bog`liqlikni kengaytirishga qaratilgan yangi to`rt tomonlama diplomatik platformani tashkil etish to`g`risida kelishib oldilar.
Tomonlar Afg`onistondagi uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik mintaqaviy bog`liqlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi hamda tinchlik va mintaqaviy aloqalar o`zaro bir-birini mustahkamlaydi degan yakdil fikrni bildiradi.
Samarali xalqaro savdo yo`nalishlarini yanada rivojlantirish uchun tarixiy imkoniyatni anglagan holda tomonlar savdoni kengaytirish, tranzit yo`llarni yaratish va ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash uchun hamkorlik qilishga umid qilmoqda.
Tomonlar ushbu hamkorlik shartlarini o`zaro konsensus asosida belgilab olish uchun yaqin oylarda uchrashishga kelishib oldilar”.






