AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev mintaqalararo manfaatli bir necha tashabbuslarni ilgari surdi

'Shavkat Mirziyoev mintaqalararo manfaatli bir necha tashabbuslarni ilgari surdi'ning rasmi

Ayni paytda o`z ishini boshlagan konferensiyada O`zbekiston rahbari mintaqalarning tarixiy aloqalari, mavjud tijoriy, madaniy, adabiy muloqotlari haqida eslatib o`tdi. Mintaqa xalqlarining tarxiy uyg`unligiga oid qiziq bir faktni yodga oldi: 1695 yilda hind hukmdori Avrangzeb rus savdogari Semyon Malenkiyga mamlakatda tijorat qilish huquqini beradi. Qizig`i, ushbu farmon eski o`zbek tilida yozilgan ekan.

Shavkat Mirzieyov bugun Afg`oniston o`zining yangi tarixida "tub burilish pallasi" o`tkazyapti deb ta`rif berdi va: "Ishonamizki, donishmand afg`on xalqi umummilliy maqsadlarga erishish uchun murosaga tayyor ekanini namoyon qiladi. Ishonchimiz komilki, bizning mintaqalararo hamkorligimiz, mamlakatda iqtisodiyotni tiklash, tinchlik va barqarorlikni o`rnatish uchun muhim omil bo`ladi", - deya qo`shimcha qildi. 

Shuningdek, Prezident bir necha tashabbuslarni ham ilgari surdi:

- Savdo-iqtisodiy hamkorlik, kooperasiya va investisiyaviy aloqalarni kengaytirish uchun har yili mintaqalararo forum o`tkazish;

- Mozori Sharif – Kobul – Peshovar temir yo`lining qurilishini ishtirokchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgani, mintaqalararo strategiyasining aloqalarni kuchaytirish uchun savdo, tranzit va bojxona jarayonlarini raqamlashtirish, qo`shma harakatlar strategiyasini qabul qilish; 

- BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti shafeligida mintaqa mamlakatlari qishloq xo`jaligi vazirlarining uchrashuvini o`tkazib, qo`shma dastur ishlab chiqish;

- Markaziy va Janubiy Osiyoning turoperatorlarining yagona platformasini shakllantirish, Jahon sayyohlik tashkiloti ishtirokida mintaqada turizmni yanada rivojlantirish;

- YuNESKO shafeligida Termizda Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy merosiga bag`ishlangan xalqaro forum o`tkazish;

- Qo`shma tadqiqot va tajriba almashish dasturlarini rag`batlantirish, olim va tadqiqotchilar uchun engillashtirilgan viza tartibini joriy qilish kabilar shular jumlasidandir.

Shavkat Mirziyoev nutqidan so`ng BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish konferensiya ishtirokchilariga videomurojaat  bilan chiqdi. Shundan so`ng, navbati bilan Pokiston bosh vaziri Imron xon va Afg`oniston prezidenti Ashraf G`ani nutq so`zladi.

    Boshqa yangiliklar