1

Telekanal mualliflik huquqini buzgan shaxs javobgarlikka tortildi

Madaniyat 16.07.2021, 13:02
Telekanal mualliflik huquqini buzgan shaxs javobgarlikka tortildi

Intellektual mulk agentligining Qashqadaryo viloyati intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan “Sevimli” telekanali, ya`ni “Master media production and broadcast” mas`uliyati cheklangan jamiyatiga lisenziya shartnomasi asosida tegishli bo`lgan audiovizual asarlardan huquq egasining roziligisiz foydalanilayotganligi holati yuzasidan murojat o`rganib chiqildi. 

Xususan, fuqaro A.K tomonidan shartnoma asosida “Sevimli” telekanaliga tegishli bo`lgan “Chuqur”, “Istanbullik kelin”, “Ichkarida”, “Qora niyat”, “Zuleyha” kabi turk seriallarini www.asil-media.net veb-sahifasida huquq egasining roziligsiz, u bilan shartnoma tuzmagan holda telekanalning logosi tushirilgan asnoda barchaning e`tiboriga etkazish bilan shug`ullanib, moddiy manfaat ko`rib kelgan. 

Shunga ko`ra, A.K ning hatti-harakatlari O`zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonunning 62-moddasiga ko`ra huquq egasi yoki mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot bilan shartnoma tuzmasdan asarlar yoki turdosh huquqlar ob`ektini takrorlash, tarqatish yoki undan boshqacha tarzda foydalanish mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni buzish hisoblanadi. Qashqadaryo viloyati intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan tegishli tartibda huquqbuzarga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda jinoyat ishlari bo`yicha Nishon tumani sudi tomonidan huquqbuzarga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning tegishli moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan, deb topildi.                    

O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi axborot xizmati rahbari Feruz Jo`raev shu haqda ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1