AsosiyJinoyat

Andijonda haydovchi yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi

'Andijonda haydovchi yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi'ning rasmi

Andijon viloyati IIB Axborot xizmatining ma`lum qilishicha, 2021 yil 13 iyul kuni soat 23:00 larda Izboskan tumanida yashovchi fuqaro T.B o`zining “Matiz” rusumli avtomashinasini Andijon tumani, "Istiqlol" MFY hududida boshqarib ketayotib, yo`lning qatnov qismini kesib o`tayotgan shu tumanda istiqomat qiluvchi J.J.ni urib yuborgan. Buning oqibatida J.J bosh qismidan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda mazkur yo`l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Shu o`rinda IIBB "Yo`l harakati qoidalariga amal qiling. Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga jiddiy shikast etkazib, ularning hayotiga nuqta qo`yilishiga ham sababchi bo`lishingiz mumkinligini esdan chiqarmang" deya fuqarolarga murojaat qilmoqda.

Boshqa yangiliklar