AsosiySiyosat

O`zbekiston Prezidenti Tojikiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

'O`zbekiston Prezidenti  Tojikiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy bog`liqligi bo`yicha xalqaro konferensiya dasturi doirasida Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi.

Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin davlatimiz rahbari Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning birodarlik salomi va ezgu tilaklarini etkazdi.

Uchrashuvda qabul qilingan “yo`l xaritasi” asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarni va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar – Afg`onistondagi vaziyat hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari etakchilari va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko`rib chiqildi.

 

Boshqa yangiliklar