Evropa Ittifoqi Oliy sudining qaroriga ko`ra, kompaniyalarda musulmon ayollarning hijobda ishlashi taqiqlandi. Bu haqda Reuters ma`lum qildi.
Ma`lum bo`lishicha, bunday taqiqlar faqatgina kompaniya har qanday e`tiqodga nisbatan betarafligini namoyish qilganda mumkin bo`ladi. «Ish joyida siyosiy, falsafiy yoki diniy e`tiqodlarni ifodalovchi har qanday ko`rinishdagi libos kiyishni taqiqlash ish beruvchining mijozlarga nisbatan neytral qiyofasini namoyish etish yoki ijtimoiy nizolarning oldini olish istagi bilan oqlanishi mumkin», deyiladi sud qarorida.
Ta`kidlanishicha, ushbu qarorga Germaniyadagi musulmon ayollar o`zi ishlayotgan kompaniyalar xizmat paytida hijobda yurishni taqiqlagandan keyin Evropa Ittifoqi sudiga murojaat qilgani sabab bo`lgan. Evropa sudining ish beruvchilar foydasiga chiqargan qaroriga qaramay, yakuniy hukmni Germaniyaning milliy sudlari chiqaradi.






