O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Bryusselda 22 mart kuni bo`lib o`tgan terrorchilik harakatlari yuzasidan axborot berdi.
Unda xususan shunday deyiladi,
“O`zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi Elchixonasining ma`lumotlariga ko`ra, 23 mart holatiga ko`ra Bryussel shahrida sodir bo`lgan qator portlashlar oqibatida qurbon bo`lganlar va jarohatlanganlar ro`yxatida O`zbekiston fuqarolari yo`q”.
Eslatib o`tamiz, 22 mart kuni Bryusseldagi portlashlar 34 kishining hayotiga nuqta qo`ygan, 230 kishi esa yaralangan. Shu munosabat bilan Belgiyada uch kunlik motam e`lon qilindi. Hujumlar uchun javobgarlikni IShID jangarilari o`z bo`yniga oldi va yana yangi hujumlarni va`da qildi.





