AsosiyDunyo

Koronavirus eng ko`p qayd etilgan mamlakatlar reytingi e`lon qilindi

'Koronavirus eng ko`p qayd etilgan mamlakatlar reytingi e`lon qilindi'ning rasmi

 

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  188 million 655 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 4 million 067 mingdan ziyod kishi vafot etgan (16.07.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 19:21 holatiga ko`ra).  

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 547 879 yangi holati aniqlandi.

8 849 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (17.07.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  

189 million 527 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  

ulardan 4 million 075 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 33,643 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  

Ikkinchi o`rinda Hindiston (31,026 milliondan ortiq),  

uchinchi o`rinda Braziliya (19,209 milliondan ortiq),

to`rtinchi o`rinda Rossiya (5,907 milliondan ortiq),🇫🇷beshinchi o`rinda esa Fransiya (5,717 milliondan ortiq).

JSST ma`lumotlariga ko`ra, bir sutka davomida AQShda 38 707, Hindistonda 38 949, Braziliyada 57 736, Rossiyada 25 704, Fransiyada 3 616 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

 Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 3 milliard 573 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

    Boshqa yangiliklar