Uzoq davom etadigan uyqu va haddan ziyod charchoq metabolik sindromni, xususan insulinga bo`lgan sezgirlikning buzilishini keltirib chiqarishi aniqlandi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
AQShlik olimlar o`zlarining yangi tadqiqotlari to`g`risida Amerika kardiologiya kollejining 65-sessiyasida ma`lum qilishdi.
40 daqiqadan ko`proq davom etadigan kunduzgi uyqu moddalar almashinuvi bilan bog`liq kasalliklarni keltirib chiqarish xavfini tug`diradi.
40 daqiqadan ko`proq davom etadigan uyqu, shuningdek qon bosimi va xolesterin miqdorini oshiradi, bel sohasidagi yog` qatlamining hajmini ko`paytiradi.
Kun davomida haddan ortiq toliqish ham moddalar almashinuvi jarayoniga ta`sir ko`rsatadi.
Olimlar bunday xulosaga kelish uchun 30237 nafar osiyolik va evropaliklar ishtirokida 21 ta tadqiqotlar o`tkazishdi.
Olimlar tadqiqot ishtirokchilaridan kunduz payti uxlashlari yoki uxlamasliklarini so`ragan. Ma`lum bo`lishicha, kunduzi uxlaydiganlarda semizlikning 2-darajasi va qandli diabet aniqlangan.
Kunduz payti 40 daqiqadan kam uxlaganlarda esa kasalliklar rivojlanishi xavfi yuqori emasligi aniqlangan.





