G`arb OAVlarining ma`lum qilishicha, Bryusseldagi teraktlarni sodir etgan hudkush terrorchi Najim Lashrauning akasi Murod Evropada mashhur sportchi sanaladi. Bu haqda “Komsomlskaya pravda” nashri xabar bermoqda.
29 yoshli Murod taekvondo bilan shug`ullanadi. U xalqaro musobaqalarda Belgiya sharafini himoya qiladi. O`tgan yili Janubiy Koreyada o`tkazilgan taekvondo bo`yicha jahon chempionatida Murod kumush medalni qo`lga kiritgan.
“Ukam haqida uch yildan beri biror xabar eshitganimiz yo`q. U qaergadir yo`qolib qoldi, hatto qo`ng`iroq ham qilmay qo`ydi”,—deydi sportchi ukasi haqida.
Eslatib o`tamiz, kecha Belgiya polisiyasi poytaxtdagi teraktlarni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxslarning ism-sharifini e`lon qildi. Ulardan ikki nafari aka-uka Ibrohim va Xolid Bakraular aeroportda o`zlarini portlatib yuborgan.
Uchinchi Najim Laxrau ismli terrorchi esa metroda o`zini portlatishi kerak bo`lgan. U shuningdek, Parijdagi teraktlar uchun ham portlovchi moslamalar tayyorlab berganlikda ayblanmoqda.





