1921 yilda yo`qolgan Conestoga harbiy kemasi Kaliforniyaning Farallonov ko`rfazidan topildi. Bu haqda AQSh atmosfera va okean tadqiqotlari boshqarmasiga asoslanib, “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Dastavval kema qoldiqlarini 2009 yilning sentyabr oyida San-Fransisko yaqinidagi hududdan topishgan edi. 2014 yilda boshlangan qidiruv ishlari mobaynida topilgan qoldiqlar kemaning bir qismi ekanligi ma`lum bo`ldi.
“Kema qariyb 100 yil avval yo`qolgan. Uning qaerda ekanligi endi sir emas”,—deiyladi xabarda.
San-Fransisko portidan Gavayi orollariga yo`l olgan Conestoga kemasi 1921 yilning 25 martida yo`qolgan edi. Uning bortida 56 nafar kishi bo`lgan. Kemani qidirish ishlari o`sha yilning 30 iyun kuni rasman to`xtatilgan edi.





