AsosiySport

«Paxtakor»ni tark etgan shveysariyalik hujumchi Turkiya klubi bilan kelishuvga erishdi. U Turkiyada O`zbekistondagidan uch baravar kam maosh oladi

'«Paxtakor»ni tark etgan shveysariyalik hujumchi Turkiya klubi bilan kelishuvga erishdi. U Turkiyada O`zbekistondagidan uch baravar kam maosh oladi'ning rasmi

Toshkentning «Paxtakor» klubini rasman tark etgan shveysariyalik hujumchi Eren Derdiyo`q faoliyatini yana Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi.

Hürriyet Sport’ning xabar berishicha, Turkiyada tug`ilgan 33 yoshli futbolchi «Ankaragyuju» klubi bilan kelishuvga erishgan. O`tgan mavsum Turkiya Superligasini tark etishga yaqin qolgan poytaxt klubi joriy mavsumda o`z safini kuchaytirishga e`tibor qaratgan va shveysariyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi.

Eren Derdiyo`q va uning agenti «Ankaragyuju»ning so`nggi o`rtoqlik o`yinlarini stadiondan turib kuzatgan.

Manbaning yozishicha, Eren Derdiyo`qning «Anqaragyuju»dagi yillik maoshi 400 ming evroni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Derdiyo`q «Paxtakor» klubi safida yiliga 1,3 million evro maosh olgan.

    Boshqa yangiliklar