Rossiya Federasiyasining Sochi shahrida davom etayotgan shaxmat bo`yicha erkaklar va ayollar o`rtasidagi FIDE Jahon kubogining 1/32 final bosqichida o`zbekistonlik yosh grossmeysterlar Jahongir Vohidov, Javohir Sindarov hamda Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida o`zlaridan ancha yuqorida turgan nomdor grossmeysterlarga qarshi dona surishdi. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar berdi.
Jumladan, Javohir Sindarov ushbu bosqichda perulik Xorxe Korini 1,5:0,5 hisobida mag`lubiyatga uchratib, to`g`ridan-to`g`ri 1/16 final bosqichiga yo`l oldi.
Nodirbek Abdusattorov esa fransiyalik taniqli grossmeyster Anish Giri bilan ikkala partiyada ham durang o`ynadi. Bugun shaxmatchilar o`zaro hal qiluvchi tay-brekda to`qnash kelishdi. Unda Nodirbek dunyoning eng kuchli shaxmatchilaridan biri bo`lgan Anish Girini mag`lub etib, keyingi bosqichga yo`l oldi.
Jahongir Vohidov esa 1/16 final yo`lidagi ilk bahsda rossiyalik Pavel Ponkratovni mag`lubiyatga uchratgandi. Ikkinchi partiyada esa Ponkratovning qo`li baland keldi, yakuniy natija – 1:1. Tay-brekda ham Pavel Ponkratovga omad kulib boqdi va Jahongir ortga qaytadigan bo`ldi.
22iyul kuni boshlanadigan 1/16 final bosqichida Nodirbek Abdusattorov ozarbayjonlik Vasif Durarbayli bilan keyingi bosqich masalasini hal etsa, Javohir Sindorov jahon kubogining 1/8 finali yo`lida polshalik Piroun Kasperning qarshiligini engib o`tishi lozim.
Eslatib o`tamiz, musobaqalar joriy yilning 5-avgustiga qadar davom etadi.