AsosiyDunyo

Britaniyalik sevishganlar to`ylarini Islandiya muzliklarida o`tkazdi

Britaniyalik sevishganlar nikoh marosimini Islandiyadagi muz tog`laridan biridagi g`orda o`tkazishga qaror qilgan dunyodagi ilk juftlikdir, deb yozadi “Gazeta.ru”.

41 yoshli Entoni Li va 36 yoshli Meri Jons-Li to`ylarini hech ikkilanmasdan muz tog`idagi g`orda o`tkazdi.
To`y marosimi 40 metr chuqurlikda va -2 daraja sovuqda bo`lib o`tdi. Unda 19 nafar mehmonlar ishtirok etdi. 

To`y o`tkazish uchun Laungyekyudl muz g`ori tanlandi. Uning ichida maxsus kichik ibodatxona qurilgan. To`yni o`tkazish uchun o`rta hisobda 9 ming evro sarflandi. Shundan ibodatxona ijarasi uchun 2,2 ming evro to`landi. 

Laungyekyudl – maydonining kattaligi bo`yicha Evropada ikkinchi o`rinda turuvchi muz g`ori.

    Boshqa yangiliklar