O`zbekiston turizm va sport vazirligi Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya o`yinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanishi arafasida mamlakatimiz sport delegasiyasi bayroqdorlari o`zgarganini ma`lum qilgan edi.
Oksana Chusovitina "Sputnik" nashri bilan suhbatda undan bayroqdorlikni olib qo`yilganiga munosabat bildirdi:
"Bilasizmi, nima uchun bayroqdorlikni olib qo`yishganini menga tushuntirishmadi. Shunchaki meni bormasligimni aytishdi, tamom. Motivasiyani o`ldirishdi. Bunday qilish mumkin emas. Shunchaki tushuntirsa bo`ladiku, barchamiz odammiz, tushunamiz."
Eslatib o`tamiz 1 hafta oldin Olimpiada ochilish marosimida Oksana Chusovitina bayroqdor bo`lishini Milliy Olimpiya qo`mitasi rasmiy sayti e`lon qilgan edi. Sal avval Turizm va sport vazirligi nega bunday qarorga kelinganiga munosabat bildirdi.






