AQShning Respublikachilar partiyasi vakillari prezident Barak Obamaning Argentinaga tashrifi chog`ida ijro etgan raqsini tanqid ostiga olishdi. Bu haqda “Vesti” xabar bermoqda.
Ularning fikriga ko`ra, AQSh prezidenti Kuba va Argentinaga tashrifi chog`ida butun dunyo Bryussel teraktlaridan qayg`uga tushgan bir paytda ko`ngilxushlik qilgani noo`rin harakat bo`lgan.
Ma`lumot uchun, AQSh prezidenti va uning rafiqasi Argentina prezidenti tashkil etgan rasmiy tushlik paytida tango raqsini ijro etdi.
Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod Ted Kruzning ta`kidlashicha, Bryusseldagi teraktlarda 9 nafar amerikalik fuqaro halok bo`lgan. Shuning uchun ham Obama o`zining rasmiy tashrifini yakunlab, AQShga qaytishi kerak edi.





