Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, DXXning Andijon viloyat boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.N. boshqa bir fuqaroga o`zini mehnat migrasiyasi sobiq xodimi sifatida tanishtirib, uni Koreya Respublikasiga 5 oy muddatga ishga yuborishni vada qilgan.
Evaziga 6 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilayotgani aytilmoqda.