AsosiySport

Tokioda Olimpiya bayrog`i ko`tarildi

'Tokioda Olimpiya bayrog`i ko`tarildi'ning rasmi

Tokiodagi Milliy stadionda yozgi Olimpiya o`yinlarning ochilish marosimida Olimpiya bayrog`i ko`tarildi.

Tantanali marosim Olimpiada poytaxtida juma kuni bo`lib o`tadi. Koronavirus cheklovlari tufayli maydonda atigi 950 nafar rasmiy amaldor qatnashmoqda. Olimpiya bayrog`i birinchi marta Per de Kuberten tomonidan 1914 yil iyun oyida Parijda bo`lib o`tgan Olimpiya kongressi paytida joriy qilingan. Ushbu tadbir zamonaviy olimpiya harakatining 20 yilligiga to`g`ri kelgan edi.

Birinchi marta o`yinlarning atributi sifatida bayroq 1920 yilda Belgiyaning Antverpen shahrida bo`lib o`tgan Olimpiadada paydo bo`ldi.

Bayroqni ko`tarish paytida Olimpiya madhiyasi yangragan. Madhiyaning zamonaviy versiyasi dastlab 1896 yilgi Olimpiya o`yinlarining ochilish marosimida yangragan. Olimpiya madhiyasi 1958 yilda Tokioda bo`lib o`tgan tashkilotning 55-sessiyasida Xalqaro Olimpiya Qo`mitasi (XOQ) tomonidan rasman tasdiqlangan. Uning muallifi yunon opera bastakori Spiridon Samaras, she`r muallifi shoir Kostis Palamas.

Ma`lumot uchun, Tokio Olimpiadasi 2020 yil 24 iyuldan 9 avgustgacha bo`lib o`tishi kerak edi. Pandemiya sababli musobaqalar bir yilga qoldirildi, Olimpiada o`yinlari joriy yilning 8 avgustiga qadar davom etadi. Tashkilotchilar O`yinlarni chet ellik muxlislarsiz o`tkazishga qaror qildi va mahalliy tomoshabinlar ham o`yinlar bo`lib o`tayotgan Yaponiyaning oltita prefekturasida, shu jumladan Tokioda bo`lib o`tadigan Olimpiya tadbirlariga ham kiritilmaydi.

Risolat MAXSIMOVA

    Boshqa yangiliklar