Moskva Anqara bilan Turkiyadagi rossiyaliklarning hibsga olinishi to`g`risida darhol ma`lumot berish bo`yicha maslahatlashmoqda.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bugun Rossiya tashqi siyosatiga bag`ishlangan veb-seminarda ma`lum qildi.
– Rossiyalik fuqarolar hibsga olinganda darhol bizga xabar berilishi kerak. Ko`pgina mamlakatlar bilan bizda konsullik konvensiyalari mavjud, bu ularga kafolat beradi, – dedi Lavrov.
– Hozir biz turkiyalik hamkasblarimiz bilan bu borada ish olib boryapmiz, chunki yaqin vaqtgacha ular bizning fuqarolarimizni asosan terroristik harakatlarga aloqadorlikda gumon qilib hibsga olgan.






