AsosiyDunyo

Turkiya viloyatlaridan birida minalangan avtomobil portlab ketdi

24 mart, payshanba kuni kechqurun Turkiya janubiy-sharqida joylashgan Diyorbakir viloyatidagi jandarmeriya bo`limiga hujum uyushtirildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar bermoqda.

Kurd jangarilari jandarmeriya bo`limi joylashgan bino yaqinida minalangan avtomobilni portlatib yuborishdi. Portlash oqibatida kamida bir kishi halok bo`lgani aytilmoqda.

Portlashdan so`ng, jangarilar va harbiylar o`rtasida otishma boshlangan. Otishma oqibatida etti nafar harbiy xizmatchilar yaralangan. Hozirda ularning barchasi shifoxonaga etkazilgan. Ulardan to`rt nafarining ahvoli og`ir. 

Hozirda terrorchilarni qidiruv ishlari boshlangan.

    Boshqa yangiliklar